» » Qashqadaryoda mashina davlat raqami belgisi o‘rniga “Yusuf” deya ismini yozib olgan haydovchi jarimaga tortildi (video)

Qashqadaryoda mashina davlat raqami belgisi o‘rniga “Yusuf” deya ismini yozib olgan haydovchi jarimaga tortildi (video)


Qashqadaryo viloyati Kitob shahrida Nexia rusumli transport vositasining orqa tomoniga o‘rnatilgan davlat raqami belgisini yechib, o‘rniga o‘z ismi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan haydovchi jarimaga tortildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yusuf Ahmadjonov ismli Nexia-2 avtomobili haydovchisi mashinaning orqa davlat raqamini o‘zboshimchalik bilan yechib olib, o‘zining ismi — Yusuf nomini qog‘ozga yozib, Kitob shahri hududida transport vositasini boshqarib yurgan holati aniqlangan.

Aniqlangan holat yuzasidan Ma’muriy javobargarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilangan, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, boshqaruvidagi transport vositasining davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlanmasliklarini hamda davlat raqam belgisini o‘zga usullarda o‘zgartirib avtomashina boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi YHXBB xabarida.

Avvalroq TikTok videoservisiga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardacha videosini joylashtirgan toshkentlik haydovchi jarimaga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют