» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 11-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, 46 160 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

11-sentabr kuni soat 17:00 ga qadar O‘zbekistonda 481 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi 11-avgust kuni Toshkent shahrida 2 kishi, Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatida 1 kishidan, jami 4 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgani haqida xabar berdi.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 377 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 391 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

11-sentabr kuni davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 302 kishi kasallikdan tuzalgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 42 857 nafar fuqaro sog‘aydi va tuzalish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil qilmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 2926 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 10-sentabr kuni 749 kishida koronavirus aniqlandi. Bu eng ko‘p kasallik aniqlangan kunlar orasidagi uchinchi natija



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют