» » FIFA 21. “Real”ning eng kuchli futbolchilari reytingi e’lon qilindi, Azar kuchli uchlikda ham yo‘q (foto)

FIFA 21. “Real”ning eng kuchli futbolchilari reytingi e’lon qilindi, Azar kuchli uchlikda ham yo‘q (foto)


Sportga oid videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchisi EA Sports “Real Madrid” klubi futbolchilarining futbol simulyatori FIFA 21 dagi reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatdagi o‘yinchilarning o‘rni ularning imkoniyatlari yig‘indisiga bog‘liq.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni jamoa darvozaboni Tibo Kurtua egallagan, uning imkoniyatlari yig‘indisi 89 ga teng bo‘lgan. Shuningdek, kuchli uchlikdan Karim Benzema (89) va Serxio Ramos (89) ham o‘rin olgan.

“Real” futbolchilarining FIFA 21 dagi reytingi:

1. Tibo Kurtua — 89;

2. Karim Benzema — 89;

3. Serxio Ramos — 89;

4. Kasemiro — 89;

5. Eden Azar — 88;

6. Toni Kroos — 88;

7. Luka Modrich — 87;

8. Rafael Varan — 86:

9. Daniel Karvaxal — 86;

10. Isko — 84;

11. Marselo — 83;

12. Federiko Valverde — 83;

13. Ferlan Mendi — 83;

14. Marko Asensio — 82;

15. Vinisius Junior — 80;

16. Lukas Vaskes — 80;

17. Luka Yovich — 80;

18. Rodrigo — 79.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 21 simulyatori 9-oktabr sanasida o‘yin konsollari — PlayStation 4 va Xbox One hamda kompyuterlarda chiqadi. Kelajakda yangi avlod konsollari uchun simulyatorning boshqa versiyasi ham paydo bo‘ladi.

Mavzuga doir: Messi Ronaldudan o‘zib ketdi. FIFA 21 ning eng yaxshi 10 nafar o‘yinchisi e’lon qilindi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют