» » Saida Mirziyoyeva o‘g‘illi bo‘ldi. Unga bobosining sharafiga Shavkat ismi qo‘yildi

Saida Mirziyoyeva o‘g‘illi bo‘ldi. Unga bobosining sharafiga Shavkat ismi qo‘yildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘g‘illi bo‘ldi. Bolakayga bobosining sharafiga Shavkat ismi qo‘yildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

“Barchamiz uchun hali-hamon qiyin bo‘lsa-da, hayot davom etmoqda. Odamlar to‘ylarda xursandchilik qilmoqda, bolalar dunyoga kelmoqda. Biz ham ko‘payishdik — jajji Shavkatjon, bizning quyoshimiz. Biz u bilan yaqinda tanishdik, lekin birinchi uchrashuvimizdayoq o‘rtada shunchalar kuchli muhabbat paydo bo‘ldiki, biz kuniga 24 soat birga bo‘lamiz. Onalar buning nima ekanini bilishadi”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyevaning katta o‘g‘li Miromon 28-mart kuni 15 yoshga to‘lgandi. Shuningdek, Saida Mirziyoyevaning Saodat ismli qizi ham bor.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Prezident oilasining ijtimoiy tarmoqlardagi eng faol vakili bo‘lib, 4-dekabr kuni Instagram’dagi sahifasida qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani, bojasi Oybek Tursunovni 24-noyabr kuni tavallud kuni bilan tabriklagan edi (to‘ng‘ich kuyov necha yoshga to‘lgani ma’lum emas). Avvalroq 4-noyabr kuni Otabek Umarov bojasining rafiqasi Saida Mirziyoyevani, 1-avgustda o‘z onasini, 8-avgust kuni o‘z rafiqasi Shahnoza Mirziyoyevani, tavallud kunlari bilan qutlagan edi. 28-oktabrda esa oila qurganliklariga 12 yil to‘lgani munosabati bilan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva bir-birlarini tabriklashgan edi (Otabek Umarov 25-yanvar kuni o‘rtancha qizi Mehrixonni 10 yoshga to‘lgani munosabati bilan, 17-sentabrda to‘ng‘ich qizi Ma’rifatxonni 11 yoshga to‘lgani bilan, 29-oktabrda esa kenja qizi Raniyani ham tug‘ilgan bilan kuni tabriklagan).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют