» » Ulug‘bek Baqoyev: “5-6 ta qulay vaziyatni golga aylantira olmadik”

Ulug‘bek Baqoyev: “5-6 ta qulay vaziyatni golga aylantira olmadik”


“So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida “Mash’al”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

5-6 ta qulay vaziyatlarni golga aylantira olmadik, bo‘sh darvozaga ham yo‘l topa olmadik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q.

Futbolchilarimning uzoq masofadan ko‘p zarba yo‘llagani taktik reja emas. Bu o‘yindagi odatiy holat. Vaziyatlar bo‘ldi, zarba berishdi.

Biz bo‘y jihatdan yutqazayotgandik, shu bois ozroq o‘yinni kuchaytirish maqsadida tanaffus vaqtida Daniel Nasriddinovni almashtirdim.

Men harakat uchun hammaga rahmat aytaman. Xato hammada bo‘ladi. Kimgadir e’tirozim yo‘q.

Ulug‘bek Baqoyev, “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi

“So‘g‘diyona” 14-turdan keyin 16 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda OKMKga qarshi bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют