» » Viktor Kumikov: “G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak”

Viktor Kumikov: “G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak”


“Andijon” klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov Coca-Cola Superliga doirasida “Qo‘qon-1912”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalo, chiroyli o‘yin namoyish etganligi uchun shogirdlarimga rahmat aytmoqchiman. Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik, g‘alaba uchun maydonga tushganimizni amalda isbotlay oldik, chunki yigitlarda g‘alabaga bo‘lgan tashnalik ko‘rinib turgandi. G‘alabaga juda yaqin kelgandik. Afsuski, omad biz tomonda bo‘lmadi. G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak, lekin biz buni uddasidan chiqa olmadik.

Viktor Kumikov, “Andijon” bosh murabbiyi

“Andijon” 12-turdan keyin 6 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Paxtakor”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют