» » Tashqi ko‘rinishini jarrohlik amaliyoti orqali o‘zgartirgan Bollivud aktrisalari (foto)

Tashqi ko‘rinishini jarrohlik amaliyoti orqali o‘zgartirgan Bollivud aktrisalari (foto)


Tabiiy go‘zallik haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Endi uni kunduzi chiroq yoqib ham topish qiyin. Bugungi aktrisalar o‘zining muvaffaqiyat yo‘lini, albatta, jarrohlik amaliyoti va go‘zallik manipulyatsiyasiz tasavvur qila olmaydi.

Disha Patani

Garchi Disha bilan amalga oshayotgan loyihalar unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, kundan kunga uning mashhurligi ortib bormoqda. Joriy yilning o‘zida faqatgina ikkita filmda suratga tushgan aktrisa o‘z faoliyatini modellikdan boshlagan. So‘ng mamalakat janubida ilk debyut rolini ijro etdi va shundan so‘ng Bollivudga ko‘chib keldi.

Endi esa Disha o‘z go‘zalligi bilan muxlislarini hayratda qoldirmoqda, ular aktrisaga havas hamda taqlid qiladi. Lekin uning ilk fotosessiyasi internet olamida paydo bo‘lganida muxlislarning nafasi ichiga tushib ketdi.

Betakror va ajoyib chiroy egasi bir vaqtlar oddiygina ko‘rimsiz ayol, hatto uni olomon orasidan ajratib olish qiyin bo‘lgan. Jarrohlik amaliyoti, qomatga ishlov berish, go‘zallik ukollari va muntazam mashg‘ulotlar Dishani yoshlarning kumiriga aylantirdi. Albatta, bu aktrisalarga xos ko‘rinish, u mutanosiblikni va me’yorni juda yaxshi biladi. Malakali jarrohga qoyil qolmay iloj yo‘q.

Anushka Sharma

Ammo Anushka Sharma bu borada biroz uquvsizroq. Aktrisaning ilk faoliyatida tashqi qiyofasi sababli Aditya Chopra “Tangri yaratgan juftlik” filmi uchun uni olishni xohlamasligini ochiq-oydin aytgan. Aktrisa esa ko‘p yillar davomida tashqi qiyofasi borasida mutaxassislar bilan maslahatlashmoqda.

Aktrisa labi va iyagini chegaralash amaliyotini o‘tkazgan, shuning uchun ham ba’zida uning yuzi rezina niqobga o‘xshab ketadi. Shuningdek, aktrisa bir necha marotaba yuzini blefaroplastik qildirdi, balki shu tufayli uning ko‘rinishi o‘zgarib turadi.

Anushka endigina 32 yoshga kirdi, ammo uning qiyofasi bundan kattaroq ko‘rinadi. 10-15 yildan keyin aktrisaning qanday holda bo‘lishini tasavvur qilish mumkin.

Esha Gupta

Aktrisa Esha Gupta hindistonlik Joli bo‘lish uchun barchasini sinab ko‘rdi va tan olish kerak, avvaliga uddaladi.

Ammo eng muhimi nima? Vaqtida barchasini to‘xtatish, lekin aktrisa bunday qilmadi. U endi umuman boshqa ko‘rinishdagi ayolga aylanib qoldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют