» » Qoraqalpogistonning Jomboy tumanida 40 nafar oqituvchida koronavirus aniqlandi

Qoraqalpogistonning Jomboy tumanida 40 nafar oqituvchida koronavirus aniqlandi


11-sentabr kuni xalq deputatlari Jomboy tuman kengashining navbatdagi sessiyasi otkazildi. Bu haqda Jomboy tumani hokimligining axborot xizmati xabar qildi.

Yigilishda maktab va maktabgacha talim muassasalarini sanitar talablarga muvofiq birlamchi vositalar bilan taminlash, dezinfeksiya ishlarini tashkil etish, yangi oquv mavsumiga tayyorgarlik holatini muhokama qilish va talim muassasalari faoliyatini tiklash masalalari korib chiqilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda tumandagi 56 ta umumtalim maktabida 32 349 nafar oquvchi tahsil olmoqda. Yangi oquv yilida 3 568 nafar bola 1-sinfga qabul qilingan.

Sessiya ishida deputatlarga axborot bergan Jomboy tuman xalq talimi bolimi mudiri Z.Yusupova yangi oquv yiliga tayyorgarlik doirasida 48 ta maktab jamoasidan 1 934 nafar oqituvchi tibbiy tekshiruvlardan otkazilgani, tekshiruv natijasida 40 nafar pedagogda koronavirus aniqlanganini malum qildi.

Uning sozlariga kora, virus yuqtirgan xodimlar talim jarayoniga jalb etilmaydi, ular onlayn tarzda ish faoliyatini davom ettirishi mumkin. Yana 28 ta maktab oqituvchilaridan olingan test natijalari kutilmoqda.

Shuningdek, tumandagi maktablarda oraliq masofani saqlash, oquvchilarni zarur tibbiy vositalar bilan taminlash choralari korilgan. Har bir muassasada alohida tibbiyot xonasi tashkil etilgan. Ularda tibbiyot birlashmasidan biriktirilgan hamshiralar faoliyat yuritadi.

Sessiyada songgi kunlarda koronavirusga chalinganlar sonining ortishidan kelib chiqib, yangi oquv yilini tumandagi ikkita 34 va 38-umumtalim maktablarida 14-sentabrdan emas, balki 16-sentabrdan tajriba-sinov sifatida boshlash taklif qilindi.

COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinish holati aniqlanmagan 12 ta maktabda darslarni 21-sentabrdan tegishli ketma-ketlikda boshlash mavzusi kun tartibiga qoyildi. Qolgan maktablar faoliyatini tiklash vaziyatdan kelib chiqib hal qilinishi tavsiya etildi.

Sessiyada maktabgacha talim bolimi mudiri bergan axborot deputatlar tomonidan qizgin munozaralarga sabab boldi. Tuman Maktabgacha talim bolimi mudiri D.Obloqulova hududdagi bolalar bogchalari faoliyatini 14-sentabrdan tiklashni taklif qildi.

Deputatlar tomonidan axborotda aynan qaysi MTMlar mavsumga tayyor ekaniga oydinlik kiritilmagani tanqid qilindi. Shuningdek, bu borada otkazilgan sorovnomaga kora, ota-onalarning 44,7 foizi rozilik bildirishi qaror qabul qilish uchun kamlik qilishi aytildi.

Sessiyada maktablarda yangi oquv yilini 16-sentabrdan bosqichma-bosqich tarzda boshlash taklifi maqullandi. Tuman MTT mudirining axboroti deputatlar tomonidan rad etildi va keyingi sessiyalarda qayta korib chiqilishi belgilandi. Jomboyda bogchalarning ochilishiga hozircha ruxsat berilmadi.

9-sentabrsoat 23:30 dan 10-sentabr soat 23:30 ga qadar vaqt oraligida Qoraqalpogiston Respublikasida1 kishida koronavirus aniqlangan. Respublikada oxirgi 22 kun ichida11 marta yangi kasallanish holatlari royxatga olingan, bu kunlarning birontasida yangi bemorlar soni 4 nafardan oshmagan. 10-sentabr 23:30 dan 11-sentabr 17:00 gacha bolgan vaqtda Qoraqalpogistonda 5 nafar kishida koronavirus aniqlangani SSV axborotida qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-09-2020, 22:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -