» » O‘zbekistonda 1-sinf uchun qariyb 90 foiz bolaning hujjati qabul qilindi

O‘zbekistonda 1-sinf uchun qariyb 90 foiz bolaning hujjati qabul qilindi


O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 18-avgustga qadar 578 710 nafar o‘quvchining hujjati qabul qilindi. Xalq ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, bu 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul rejasining 90 foizidir.

Shundan xalq ta’limi tizimidagi maktablarga 577 304 nafar bola, boshqa vazirlik tasarrufidagi maktablarga 103 nafar va 1303 nafari nodavlat maktablarga qabul qilingan. O‘quvchilarning aksariyati — 96,4 foizi o‘z mikrohududidan qabul qilingan (558 140 nafar bola).

Qayd etilishicha, 2020/2021-o‘quv yili yilida Xalq ta’limi vazirligi 650 116 nafar o‘quvchini qabul qilishni rejalashtirgan. Qabul jarayoni 25-avgustga qadar davom etadi.

Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni “qabul.maktab.uz” orqali onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, ular uchun sanitariya-me’yor qoidalari ishlab chiqilayotgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют