» » Tojikiston oz aholisini taminlash uchun Ozbekistondan gaz import qilishni kopaytirmoqchi

Tojikiston oz aholisini taminlash uchun Ozbekistondan gaz import qilishni kopaytirmoqchi


Tojkistonning gaz taqsimlash kompaniyasi Ozbekistondan import qilinayotgan gaz bilan mamlakat aholisini taminlash imkoniyatlarini korib chiqmoqda. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.

Kompaniya tomonidan malum qilinishicha, birinchi navbatda Ozbekistondan import qilinayotgan gazni Dushanbe va Xojand shaharlari aholisiga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Dushanbegaz kompaniyasi magistral gaz quvuri yonida joylashgan poytaxtdagi bazi uylar Ozbekiston gazini olayotganini malum qilgan. Gap shundaki, bunday uylarni quvurga ulash uchun alohida xarajat talab qilinmagan.

Malum qilinishicha, ayni paytda songgi on yilliklar davomida eskirgan infratuzilmani yangilash ishlari olib borilmoqda, shundan song gazdan boshqa istemolchilar ham foydalanishi mumkin boladi.

Kompaniya tomonidan qoshimcha qilinishicha, infratuzilmani yangilash uchun xavfsizlik masalasini hisobga olgan holda kop xarajat talab qilinadi, chunki Dushanbedagi uylarda songgi on yillikda gaz bolmagan.

Tojikistonning shimolidagi aholi va korxonalarni gaz bilan taminlovchi Somon-Sogdgaz kompaniyasi 2020-yilning oxirigacha infratuzilmani tiklash ishlarini yakunlash rejalashtirilayotganini malum qildi. Shundan song Xojand shahri, shuningdek, viloyatning boshqa shaharlari va tumanlari gaz bilan taminlanadi.

Ozbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish olti yillik tanaffusdan keyin 2018-yilning aprel oyida qayta tiklangan.

Ozbekiston gazini Tojikistonga yetkazib berish 2019-yilda 2018-yilga qaraganda 2,6 barobarga yoki 55 million kubometrdan 140 million kubometrga oshgan. 2018-yilda Ozbekistondan import qilingan gaz qiymati 6,9 million dollarni tashkil qilgan bolsa, 2019-yilda uning qiymati 17,7 million dollarni tashkil qilgan.

Ozbekiston gazining asosiy istemolchisi Tojikiston alyuminiy zavodi hisoblanadi. Shuningdek, Ozbekiston gazini boshqa bir qator kompaniyalar, jumladan, Dushanbe IES ham oladi.

Ozbekiston Energetika vazirligining malumotlariga kora, 2020-yilning sakkiz oyida Tojikiston Ozbekistondan 139,5 million kubometr gaz oldi. Tuzilgan shartnomaga kora, 2020-yilning oxirigacha Tojikistonga 200 million kubometr tabiiy gaz yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

2021-yilda Tojikistonga yetkazib beriladigan Ozbekiston gazining hajmi va narxi 2829-sentabr kunlari Dushanbeda bolib otadigan navbatdagi hukumatlararo komissiya yigilishida muhokama qilinadi.

AvvalroqOzbekiston Rossiyaga gaz eksportini toxtatgani, Xitoyga eksport uch baravar qisqargani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-09-2020, 23:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -