» » O‘zbekiston Pokiston portlarining infratuzilmasidan foydalanadi

O‘zbekiston Pokiston portlarining infratuzilmasidan foydalanadi


O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov 2020-yilning 10-sentabr kuni Pokiston dengiz ishlari bo‘yicha federal vaziri Ali Haydar Zaidi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida har ikki davlat hududlari orqali yuk tashishni jadallashtirish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish va transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutib transport va logistika hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama sheriklik qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Pokiston tovarlarining har ikki mamlakat bozorlariga erkin kirishining ta’minlanishi o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada o‘sishiga xizmat qilishi to‘g‘risida yagona fikrga keldi.

Shu yo‘nalishda Pokiston tomoni O‘zbekiston “Gvadar”, “Karachi” va “Qosim” portlarining rivojlangan infratuzilmasidan foydalanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni birgalikda ishlab chiqishda maslahat va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi va buning uchun yaqin kelajakda Pokistonga transport sohasidagi bir guruh o‘zbekistonlik ekspertlari yuboriladi.

Muzokaralar yakunida muhokama etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish va kelishish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi, Pokiston Dengiz ishlari bo‘yicha federal vazirligi va Pokiston Milliy logistika korporatsiyasi rahbarlari darajasida ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston yuk tashishni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratishi xabar qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют