» » Tramp Isroil va Bahrayn tinchlik shartnomasi imzolashga kelishganini ma’lum qildi

Tramp Isroil va Bahrayn tinchlik shartnomasi imzolashga kelishganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Isroil va Bahrayn munosabatlarni yaxshilashga kelishib olgan. U mazkur kelishuvni navbatdagi tarixiy g‘alaba deb atadi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Bizning ikkita yaqin do‘stimiz— Isroil va Bahrayn qirolligi tinchlik shartnomasini imzolashga kelishib oldi. 30 kun ichida ikkinchi arab mamlakati Isroil bilan yarashishga rozilik bildirdi”, — deya yozgan Tramp.

Tramp kelishuv 11-sentabrda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda erishilgani haqidagi uch tomonlama rasmiy bayonotni e’lon qildi. Muzokaralarda AQSh prezidenti Donald Tramp, Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al-Xalifa va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ishtirok etgan. Tomonlar diplomatik munosabatlarni to‘liq hajmda o‘rnatilishiga kelishib olgan.

Joint Statement of the United States, the Kingdom of Bahrain, and the State of Israel pic.twitter.com/xMquRkGtpM

— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) September 11, 2020

Shuningdek, Bahrayn qiroli 15-sentabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadigan BAA va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi haqidagi kelishuvni imzolash marosimiga taklifni ham qabul qilgan.

“Bu Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha tarixiy g‘alaba. Tez rivojlanayotgan bu ikki jamiyat va rivojlangan iqtisodiyotlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot va aloqalarning o‘rnatilishi Yaqin Sharqdagi ijobiy o‘zgarishlarni davom ettiradi va mintaqada barqarorlik, xavfsizlik va farovonlikni kuchaytirishga xizmat qiladi”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida BAA va Isroil rasmiyalari tinchlik kelishuviga erishgani haqida ma’lum qilgandi. Rasmiy kelishuv 2020-yil 15-sentabrda AQShda imzolanadi. Shuningdek, BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi. Isroildan BAAga tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri tijoriy reys amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 08:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют