» » Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi bilan davlat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi

Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi bilan davlat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi


11-sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida O‘zbekistonning 2020-yilda MDHga raisligi Tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayoni yuzasidan atroflicha fikr almashilgan. Koronavirus pandemiyasiga qaramay, O‘zbekiston tomoni ilgari rejalashtirilgan tadbirlarning aksariyatini muvaffaqiyatli amalga oshirgani qayd etilgan.

“Bu yil MDHning ustav organlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi (12-may), Hukumat rahbarlari kengashi (29-may) va MDH Iqtisodiy kengashi (30-iyun) yig‘ilishlari hamda sohaviy hamkorlik organlarining qator uchrashuvlari videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekistonning MDHga raisligining asosiy voqeasi – Davlat rahbarlari sammitiga (16-oktabr) puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tadbir kun tartibiga MDH faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim masalalar kiritilganligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 10-sentabr kunidagi majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga borgan. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston afg‘onlararo muzokaralarning birini Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют