» » Ilon Mask o‘g‘lining ismini unutib qo‘ydi (video)

Ilon Mask o‘g‘lining ismini unutib qo‘ydi (video)


Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalarining asoschisi hamda rahbari Ilon Mask jurnalistlar uning to‘rt oylik o‘g‘lining ismini aytganida gap nima haqida ketayotganini tezda anglay olmadi, deb yozadi Unilad.

Mazkur holat Germaniyada hozirda Tesla uchun qurilayotgan Giga Berlin korxonasiga amalga oshirilgan tashrif vaqtida sodir bo‘lgan.

Milliarderdan X ? A-12ning ishlari qalay deya so‘rashgan. Mask savolni qaytarishni so‘ragan va shundan so‘ng kulib javob qaytargan: “Ha, siz mening o‘g‘limni nazarda tutyapsizmi?”.

View this post on Instagram

X ? A-Xii ????

A post shared by @ elonmusk on

Tesla rahbari o‘g‘lining ismi xuddi parol kabi yangrashi haqida hazillashgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bolakayning ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Ilon Mask va kanadalik qo‘shiqchi Grayms yaqinda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga X ? A-12 deb ism qo‘ygan edi. X ? A-12 dunyoga kelgan Kaliforniya shtati qonunchiligiga ko‘ra, bolaga ism qo‘yishda ingliz alifbosidagi 26 ta harfdan, shuningdek, apostrof va chiziqchalardan foydalanish mumkin. Emoji, raqamlar va boshqa tushunarsiz belgilardan foydalanish taqiqlangan.

Keyinroq milliarder va xonanda bolaga boshqa ism qo‘yishga majbur bo‘lgan. Endilikda ularning o‘g‘li X ? A-Xii ismini olgan.

Mavzuga doir: Video: Volkswagen ID.3 elektrokarini sinovdan o‘tkazayotgan Ilon Mask



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют