» » Britaniyalik muhandis “Jiguli”ni 800 ot kuchiga ega poyga mashinasiga aylantirmoqda (foto)

Britaniyalik muhandis “Jiguli”ni 800 ot kuchiga ega poyga mashinasiga aylantirmoqda (foto)


Britaniyada Yen Nikson ismli fuqaro “VAZ-2105” bazasida poyga avtomobilini yaratdi. Unga 800 ot kuchiga ega NASCAR motorini va Porsche “podveska”si o‘rnatiladi, deb xabar beradi Motor.

Yen Nikson — poyga va ralli avtomobillarini tarixiy musobaqalar, shuningdek, eski texnikalarni qayta tiklashga va ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan Chillingham-Nixon Motorsport komandasiga egalik qiladi. Uning boksiga “tashrif buyuradigan” doimiy mehmonlar qatoridan MG Metro 6R4, Audi Quaatro va klassik Aston Martin DB5 va DB6 o‘rin olgan.

Shu bilan birga, Yen “Lada”larga ham ishqiboz. U bu safar o‘ziga poyga avtomobilini yaratish uchun “VAZ-2105” bazasidan foydalandi. Ta’kidlanishicha, uning avtomobili nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan “Jiguli”ni yodga soladi, balki asosini “beshlik”ning po‘lat kuzovi tashkil etadi.

“Lada” Amerikaning NASCAR poyga avtomobillar seriyasiga tegishli V8 motoriga ega bo‘lgan — bu 850 ot kuchiga ega Dodge RP57 dvigateli. Sekvental 6 pog‘onali uzatmalar qutisi esa Angliyaning Quaife firmasiga, to‘liq mustaqil “podveska” esa Porsche 996 GT2’ga tegishli.

Mashinaning aerodinamik ko‘rinishini 1970-yillarning afsonaviy poyga superkari — Ford Zakspeed Capri asosida yaratishga qaror qilingan. Uning ulkan anitqanotlari 5 guruhidagi “limitsiz” modelni yodga soladi. Kuzov qismi xavfsizlik karkaslari bilan kuchaytirilgan.

Avvalroq Ukrainada “Zaporojets” Zazerati “superkari”ga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют