» » Skoda Kodiaq oktabr oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqadi

Skoda Kodiaq oktabr oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqadi


Jizzakh Auto (Volkswagen Uzbekistan) kompaniyasi VAG konserni lineykasidagi ikkinchi brend — Skoda’ni O‘zbekiston bozoriga chiqarmoqda. Bu haqda Telegram’dagi “Na begu” kanali muallifi Malik Karimov ma’lum qildi.

Avvalroq zavod Volkswagen Caddy tijoriy avtomobillarini sotishni boshlagan edi. Skoda lineykasidagi birinchi avtomobil modeli 2021-yilining yetti o‘rindiqli Kodiaq krossoveri bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, avtoulovlarga oldindan buyurtma oktabr oyida ochiladi va yetkazib berish shu oydan boshlanadi. Toshkentda ikkita dilerlik markazining ochilishi kutilmoqda.

“Menga ma’lum bo‘lishicha, mashinalar narxi qo‘shni davlatlarga yoki Rossiyaga qaraganda arzonroq bo‘ladi, keling rasmiy ma’lumotni kutib qolaylik”, — dedi Malik Karimov.

Kompaniyaning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, Skoda Kodiaq Rossiyaning Kaluga shahridagi “Grabsevo” texnoparkida joylashgan Volkswagen Group Rus zavodidan yetkazib beriladi.

Rossiyada avtomobil narxi komplektatsiyasiga qarab 21,5 mingdan 41,3 ming dollargacha o‘zgarib turadi.

Mavzuga doir: Jizzaxda KIA avtomobillarining eng yangi modellari ishlab chiqariladi

Prezident qaroriga ko‘ra, birinchi bosqichda — 2020?2021-yillarda Volkswagen va Skoda avtomobillarini tayyor holda olib kirish rejalashtirilgan. Farg‘ona, Toshkent va Jizzaxda dillerlik va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqichga ko‘ra, 2022-yildan boshlab to‘liq ishlab chiqarish sikli tashkil qilinadi va investitsiyalar hajmi, avtomobil eksporti masalalari ham hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 21-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Volkswagen, Skoda va Isuzu avtomobillari bilan tanishgandi. Ular orasida Kodiaq ham bor edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish hajmi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют