» » Farg‘onada Nexia haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi

Farg‘onada Nexia haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi


Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida Nexia haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 57 yoshli fuqaroni urib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 5-sentabr kuni 24 yoshli fuqaro M.T. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasini “Cheksho‘ra” MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan fuqaro P.V.ni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda Nexia haydovchisi 66 yoshli piyodani urib yuborishi oqibatida, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani xabar berilgandi. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida esa 20 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida mahalliy ichki yo‘lda tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Natijada Nexia yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют