» » Braziliya prezidenti mamlakat koronavirusni yengganini ma’lum qildi

Braziliya prezidenti mamlakat koronavirusni yengganini ma’lum qildi


Braziliya prezidenti Jais Bolsonaru mamlakat koronavirusni deyarli yengganini ma’lum qildi. Bu haqda 11-sentabr kuni O Globo gazetasi xabar berdi.

Uning fikricha, Braziliya amalda pandemiyadan xalos bo‘ldi. Prezident uning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun barcha choralarni ishga solgan hukumat ishini ham qayd etib o‘tgan.

Bolsonaru federal markaz muvaffaqiyatlari haqida lom-mim demagan mahalliy OAVlarni tanqid qilgan.

Ayni paytda Braziliya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSh va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda. Mamlakatda ushbu virus bilan 4,2 million kishi kasallangan, ularning 3,6 million nafari sog‘aygan, 129,5 ming kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 28 mln nafardan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют