» » Rossiya Transport vazirligi 15 yildan so‘ng jamoat transportlarini bepul qilishni taklif etdi

Rossiya Transport vazirligi 15 yildan so‘ng jamoat transportlarini bepul qilishni taklif etdi


Rossiya Transport vazirligi transport strategiyasining yangilangan loyihasini tayyorladi. Unga ko‘ra mamlakat shaharlarida 2035-yilga borib jamoat transportlaridan foydalanish bepul bo‘ladi, deb yozadi “RBK”.

Loyihaga ko‘ra, jamoat transporti haydovchilar uchun “foydalanuvchi to‘laydi” nomli mexanizmning joriy etilishi sharoitida bepul bo‘lishi mumkin — 2025-yildan boshlab ulardan mintaqaviy ahamiyatga ega yo‘llardan, 2035-yildan esa “barcha turdagi yo‘llardan”, jumladan, shaharlardagi yo‘l tarmoqlaridan ham foydalangani uchun to‘lov undiriladi. Strategiyada barcha turdagi yo‘llarda shaxsiy avtomobildan foydalanish ham pulli bo‘lish yoki bo‘lmasligiga aniqlik kiritilmagan.

Mexanizm yirik shaharlardagi jamoat transporti foydalanuvchilarini rag‘batlantirish imkonini beradi. Shuningdek, strategiyada mamlakat aholi punktlarida yashovchi fuqarolar motorlashtirilmagan transport vositalarida (velosiped, samokatlar) ko‘proq harakatlanishi, ommaviy binolar qurilayotgan tumanlarda esa metro va yengil relsli transport vositalaridan foydalinishini taxmin qilmoqda.

Transport strategiyasining oldingi versiyasi 2013-yilda tasdiqlangan. Hisobotda ta’kidlanishicha, hozircha Rossiya aholisi orasida jamoat transporti shaxsiy transport vositasidan ko‘ra kamroq foydalanilayotgani yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Rossiyada avtomobil haydovchilarini professionallar va havaskorlarga bo‘lishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют