» » AQShda harbiylar uchun yaratilgan Toyota yo‘ltanlamasi yangi Prado narxida sotuvga qo‘yildi

AQShda harbiylar uchun yaratilgan Toyota yo‘ltanlamasi yangi Prado narxida sotuvga qo‘yildi


AQShda 2001-yilda ishlab chiqarilgan Toyota Mega Cruiser harbiy yo‘ltanlamasi sotuvga qo‘yildi. 69 ming kilometr yo‘l bosgan mashina 38 ming dollarga baholanmoqda. Bu pulga Rossiyada yangi Land Cruiser Prado’ni sotib olsa bo‘ladi, deb yozadi Motor.

Harbiylar uchun yaratilgan mashhur yo‘ltanlamas yapon armiyasiga tegishli bo‘lgan. Bu kabi avtomobillar 1995-yildan 2001-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Ko‘k rangli Mega Cruiser bir qatorli kabina va yig‘ma yumshoq tom bilan jihozlangan, biroq qo‘shimcha ravishda unga to‘liq yopiladigan metall kuzov o‘rnatsa bo‘ladi.

Toyota Mega Cruiser texnik jihatdan barcha, uchta differensialni (markaziy va g‘ildiraklararo) bloklash, to‘liq boshqariluvchi shassi va shinalarni shishiruvchi tizimni o‘z ichiga oladi. Harbiy yo‘ltanlamasga Yokohama rezinalariga ega 17 dyuymli g‘ildiraklar “kiygizilgan”. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil 20 yil davomida 69 ming kilometr yo‘l bosgan va ideal holatini saqlab qolgan.

To‘liq uzatmali Mega Cruiser kapoti ostidan 170 ot kuchiga ega to‘rt litrli turbodizel dvigatel o‘rin olgan. Agregat to‘rt pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida ishlaydi. Sotuvchining ta’kidlashicha, avtomobil ekologik standartlarga to‘liq javob beradi va undan Kaliforniyadan boshqa barcha shtatlarda foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: Rossiyalik muhandislar “Qorayaloq” nomli harbiy amfibiyani yaratdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют