Payariqda 60 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlandi
Payariq tuman SEO markazi tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 1860 nafar pedagog-xodimlar COVID-19 virusiga test topshirgan bo‘lib, hozircha barcha javoblar chiqmagan. Birinchi kuni test topshirgan 576 nafar pedagog-xodimlardan 60 nafarida koronavirus aniqlangan, deya xabar bermoqda tuman hokimligi.
Koronavirus tashxisi qo‘yilgan o‘qituvchilarga nisbatan provizor gospitaliga yotqizilishi va profilaktik tadbirlarni o‘tkazilishi bo‘yicha xulosa berilgan.
Tumandagi 47 810 nafar ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan. Ulardan 35 850 nafar ota-ona an’anaviy ta’lim shaklini, 11 959 nafar ota-ona esa farzandlari onlayn ta’lim olishini tanlagan.
Ma’lumot uchun, Payariq tumanida 99 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatadi.
Avvalroq Samarqandning Jomboy tumanida 40 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
