» » “Avto 60 oy” ishi bo‘yicha sud jarayonlari viloyatlarda davom ettiriladi

“Avto 60 oy” ishi bo‘yicha sud jarayonlari viloyatlarda davom ettiriladi


“Avto 60 oy” ishi bo‘yicha sud majlislarini respublikaning barcha viloyatlarida o‘tkaziladi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan (Toshkent viloyatidan tashqari) bo‘lgan jabrlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida keyingi sud majlislari barcha viloyatlarda o‘tkaziladi.

Xususan, “Kun.uz”ning yozishicha, Andijon viloyatida yashovchi jabrlanuvchilar uchun sud jarayonlari 2020-yil 14—19-sentabr kunlari (dushanbadan shanbaga qadar) soat 09:00 dan 17:00 gacha jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida (Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shohko‘chasi, 15-uy) bo‘lib o‘tadi. Ushbu viloyatda “Avto 60 oy”dan 1813 kishi jabrlangani qayd etilgan.

Sud majlisi bo‘lib o‘tadigan vaqt va joy to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining Telegram-kanali orqali xabar berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Avto 60 oy” MChJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019-yil 12-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (pul mablag‘larini va/yoki boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ushbu jinoyat ishi  bilan bog‘liq tergov harakatlari 2-iyun kuni yakunlandi.

Tergov materiallariga ko‘ra, “Avto 60 oy” MChJ vakillari fuqarolarga UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki to‘lov va foizlarsiz bo‘lib to‘lashga sotib olishni taklif qilib, 19,3 ming mijoz bilan shartnoma tuzib, ularning 54,3 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini jalb qilgan. Yetkazilgan moddiy zararning 36,8 milliard so‘mi tergov davomida qoplangan.

5-avgust kuni “Avto 60 oy” MChJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud ishi boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют