» » AQSh harbiy-havo kuchlari rahbari Ikkinchi jahon urushiga o‘xshash urushga tayyor bo‘lishga chaqirdi

AQSh harbiy-havo kuchlari rahbari Ikkinchi jahon urushiga o‘xshash urushga tayyor bo‘lishga chaqirdi


AQSh Harbiy-havo kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Charlz Braunning aytishicha, AQShning kelajakdagi urushni kuch jihatdan o‘ziga teng keladigan mamlakat bilan olib boradi va u katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Uning “O‘zgarishni tezlashtirish yoki mag‘lub bo‘lish” nomli ma’ruzasidan parcha Defence News portali tomonidan keltirilgan.

“Ikkinchi Jahon urushi davrida duch kelinganiga o‘xshash jangovar yo‘qotish va xalqqa xavf tug‘diruvchi urush olib borishga tayyor bo‘lishimiz kerak”, — deya Braunning gaplaridan iqtibos keltirmoqda portal.

U avvalgi rahbariyatning qarorlari Xitoy va Rossiya bilan poyganing tez o‘zgarayotganligi sharoitida zarur bo‘lgan kerakli natijalarga erishishga imkon bermaganini ta’kidlagan.

Braunning fikricha, Vashington harbiy salohiyat jihatidan AQShnikiga teng keluvchi davlat bilan to‘qnashishi mumkin. Bunday holda ushbu jangovar harakatlar AQSh kuchlari so‘nggi 20 yil davomida olib borgan urushlardan sezilarli darajada farq qiladi.

“Bo‘lajak urush bizning qirg‘oqlarimizdan uzoq qolmaydi”, — deya xulosa yasagan Amerika Harbiy havo kuchlari shtabining yangi rahbari.

Xabarda qayd etilishicha, Charlz Braun Harbiy-havo kuchlarini rivojlantirish haqidagi tasavvurlari haqida 14-sentabr, dushanba kuni batafsilroq aytib beradi.  shtabga 6-avgustdan buyon rahbarlik qilib kelmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют