» » AQSh Suriya osmonida Amerika va Rossiya aviatsiyasi o‘rtasida ko‘zda tutilmagan holatlar kelib chiqishidan xavotir bildirdi

AQSh Suriya osmonida Amerika va Rossiya aviatsiyasi o‘rtasida ko‘zda tutilmagan holatlar kelib chiqishidan xavotir bildirdi


Suriyada IShIDga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlar turli davlatlar, jumladan, AQSh va Rossiya harbiy-havo kuchlari o‘rtasidagi ko‘zda tutilmagan holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari jangovar aviatsiya qo‘mondonligi rahbari Gerbert Karlayl ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

“Vaziyat murakkablashib boradi, deb hisoblayman. IShIDning jang hududidan mahrum etilishi biz va mintaqadagi boshqa vakillar, jumladan, bu yerda parvozlarni amalga oshirishga kirishgan turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqishi ehtimolini oshiradi”, — deya ta’kidladi Gerbert Karlayl. 

Karlaylga ko‘ra, bunday vaziyatda “adashuv yoki ehtimoliy mojarolarning oldini olish” uchun Rossiya bilan muloqotni faollashtirish talab etiladi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют