» » Pentagon Suriyada kuchsizlantirilgan uranli o‘q-dorilar qo‘llanganini tasdiqladi

Pentagon Suriyada kuchsizlantirilgan uranli o‘q-dorilar qo‘llanganini tasdiqladi


AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi mamlakat harbiy-havo kuchlari IShIdning Suriyadagi marralariga aviazarbalar berishda tarkibida kuchsizlantirilgan uran bo‘lgan o‘q-dorilardan foydalanganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Qo‘mondonlikning rasmiy vakili mayor Josh Jaks Amerika aviatsiyasi o‘z operatsiyalari davomida saraton kasalliklari va rivojlanishdagi nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi toksik moddalarni qo‘llaganini ma’lum qildi. 

Suriyada kuchsizlantirilgan urandan 16 va 22-noyabr kunlari foydanilganini tasdiqlashim mumkin. Noqonuniy ravishda neft tashilayotgan IShID transport vositalari yo‘q qilinishi ehtimoli yanada yuqori bo‘lishini ta’minlash maqsadida uran bilan to‘ldirilgan o‘q-dorilarni odatiy snaryadlar bilan birgalikda qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Josh Jaks, AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi mayori

Ma’lumot uchun, Pentagon avvallari AQSh qurolli kuchlari Suriya va Iroqdagi xalqaro aksilterror operatsiyalari davomida kuchsizlantirilgan uranli o‘q-dorilardan foydalanilganini tan olmay kelgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют