» » Xushboy olam: Atir tanlashda qol keladigan 10 ta tavsiya

Xushboy olam: Atir tanlashda qol keladigan 10 ta tavsiya


Parfyumer romanining bosh qahramoni oziga ishongan edi: kim xushboy hid taratsa, u odamlarning qalbiga ham egalik qiladi. Iforlar chindan ham kop narsaga qodir, ozni ifoda etishga yordam beradi, zavqlantiradi, hatto yoldan ozdirishi ham mumkin. Buning uchun, albatta, har kim oziga tegishli iforni topishi kerak.

Odatda chaqqon ayollar har bir fasl uchun moslab atir tanlaydi. Tanlash ham oson ish emas. Yaxshisi, qanday tanlash, ulardan foydalanish sirlari va saqlash usullari haqida batafsil malumotga ega boling.

Parfyumlarni soglom holatda tanlash kerak

Ushbu vositalarni xarid qilish chogida insonning salomatligi meyorida bolishi kerak. Masalan, bosh ogrigi, tumov va burun bitishi kabi holatlarda tanlovni biroz keyinga qoldirgan maqul.

Ifor taralishiga imkon berish kerak

Atir tanlashda uni teriga sepib, biroz kutishga togri keladi. Sababi u qollanilgandan song ifor konsentratsiyasi juda yuqori bolganidan, darhol otkir hid buringa uriladi. 5 daqiqadan song esa atirlarning haqiqiy ifori sezila boshlaydi.

Iforni ozingizda his etishga qorqmang

Kopchilik ayollarda kuzatiladigan holat. Masalan, boshqa birovdan kelayotgan atir hidi yoqimli tuyuladi. Ammo ozida qollanilganda, buning aksi roy beradi deb oylaydi. Bu shunchaki holatga konikishdan iborat. Aslida qandaydir ifordan zavqlanishning ozi yaxshi alomat.

Atirlarni faqat teri qismiga sepish lozim

Odatda liboslar ustidan atir sepish odatga aylangan. Kiyim matosi esa kun davomida turli xil hidlarni ozida saqlab qoladi va atir hidi bilan aralashib ketadi. Atir tanlashda ham, albatta, mato ustiga emas, teri yuzasiga sepish va hidlab korish tavsiya etiladi. Shuningdek, har bir insonning oziga monand ifori mavjud, u atir bilan aralashib oziga xos xushboy yaratdi.

Meyorni unutmaslik

Kun davomida atirdan 1-2 marta foydalanish tavsiya etiladi. Ayrimlar har bir soatda atir sepaverib, ozidan kelayotgan hid bilan ham atrofdagilarning etiborini tortadi. Bazi hollarda esa suhbatdoshni ham noqulay ahvolga solishi mumkin.

Atirni togri sepish qoidasi

Agar iforni koproq saqlab turish kerak bolsa, uni boyin va sochlarga qarata sepish kerak. Shuningdek, uni havo oqimiga sepib, hosil boladigan tomchilar ostida turish ham yaxshi samara beradi.

Atirlarni saqlash qoidasi

Atirlarni togri saqlash juda muhim. Eng yaxshi variant qorongi va salqin joy, lekin havo aylanib turishi kerak. Agar atirlar avvalgidan boshqacha tuyulishni boshlagan bolsa, uni darhol muzlatkichga qoyish kerak. Taxminan + 5 darajada molekulalarning harakatlanish tezligi ozgaradi va avvalgidek xushboylikni yana his etish mumkin.

Atir sepilgandan keyin qol bilan silash mumkin emas

Kopincha ayollar atirni sepib, qol bilan silash yanada yaxshiroq boy taratadi degan fikrda. Bu, albatta, notogri fikr, chunki ishqalanish tufayli ifor buziladi va uning taralishi ozgaradi. Iloji bolsa, atirdan foydalangandan song uni tabiiy yol bilan qurishiga imkon berish kerak.

Aralashtirish va tajriba

Agar yuvinish uchun moljallangan gel bilan atirning hidi aralashadi, deb oylasangiz, adashasiz. Sababi gelning hidi uzogi bilan yarim soatdan song yoq boladi. Undan song atir sepilsa hech qanday aralashma hid yuzaga kelmaydi.

Yosh, mavsum va maslahat

Parfyumeriya xuddi ikkinchi teri qavatiga oxshaydi, u yaxshi va yoqimli bolsa, inson ozini shuncha qulay his etadi. Mutaxassis tomonidan yoshga, mavsumga yoki urfga nisbat berilgan holda atirlar tavsiya qilinishi mumkin. Lekin aynan did va songgi tanlov barchasini hal etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (13-09-2020, 11:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -