» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 47 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 47 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 13-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 192 kishiga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 47 042 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, yangi kasallanish holatlarining

aniqlangan. Qayd etishlaricha, ushbu yangi holatlarning bari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

“Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, — deyiladi SSV axborotida. Shunday qilib, SSV hisobi bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 388 nafarga yetdi (“Daryo” hisobi bo‘yicha qurbonlar soni kamida 402 nafar).

Hozirgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olingan 43 511 nafar bemor (jami kasallanganlarning 93 foizi) sog‘aygan. Ayni vaqtda 3143 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu bemorlarning qanchasi og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qilmagan (12-sentabr yakuniga ko‘ra davolanayotgan bemorlarning salkam 24 foizi og‘ir ahvolda edi).

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 12-sentabr kuni 578 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 qurbonlari soni 400 nafarga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют