» » Muhammad Saloh APLda Teddi Sheringemning rekordini takrorladi

Muhammad Saloh APLda Teddi Sheringemning rekordini takrorladi


“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Premyer Liga 1-turi doirasida “Lids”ga qarshi kechgan bahsda (4:3) het-trik muallifiga aylandi.

APLning ketma-ket to‘rt mavsumidan buyon Saloh jamoasining mavsumdagi ilk o‘yinida gol urib kelmoqda. Misrlik futbolchi bu borada “Tottenhem” sobiq hujumchisi Teddi Sheringemning rekordini takrorladi. “Shporlar” afsonasi 1992/93—1995/96-yilgi mavsumlarning ilk o‘yinida maydonni golsiz tark etmagandi.

Shuningdek, Saloh “Liverpul” safidagi 63 ta uy o‘yinida 51 ta gol urishga erishdi. Faqat Alan Shirer uy o‘yinlaridagi 50 ta gollik dovonni misrlik futbolchidan tezroq zabt etgandi — 47 ta turda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют