» » Muhammad Saloh “Liverpul” tarixiga kirdi

Muhammad Saloh “Liverpul” tarixiga kirdi


5-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 33-turida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Sauthempton”ga qarshi o‘yinda gol urdi (3:1).

26 yoshli misrlik “qizillar” uchun joriy yilning 9-fevralidan buyon ilk marotaba gol urdi va barcha musobaqalarni hisoblaganda 8 ta uchrashuvdan iborat golsiz seriyasiga barham berdi.

Bu Salohning “Liverpul” safida Premyer liga doirasidagi 50-goli hisoblanadi. U ushbu gollarni 69 ta o‘yinda urishga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqa tarixida Salohdan tezroq bu natijaga Rud van Nistelroy (68 ta o‘yin) va Alan Shirer (66 ta o‘yin) erishgan.

Saloh 50 talik dovondan o‘tish bo‘yicha “Liverpul” tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют