» » Farg‘ona vodiysida zilzila yuz berdi

Farg‘ona vodiysida zilzila yuz berdi


Farg‘ona vodiysida 13-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:13 da zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Xabar berishlaricha, zilzila epitsentri Toshkent shahridan 211 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 6 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3 ga teng bo‘lgan.

Yerosti silkinishlari kuchi Namangan shahrida (zilzila epitsentridan 19 kilometr masofada) 3 ballni, Andijon (57 kilometr) va Farg‘ona (51 kilometr) shaharlarida 2 ballni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda sentabr oyida bundan avval ham zilzilalar kuzatilgan edi. Xususan, 1-sentabr, 7-sentabr, 8-sentabr va 9-sentabr kunlari yerosti silkinishlari yuz bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют