» » O‘pka saratoni: Ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan 7 ta alomat

O‘pka saratoni: Ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan 7 ta alomat


O‘pka saratoni eng xavfli 4 ta kasallikdan biri bo‘lib, uning oxiri o‘lim bilan tugaydi. Hech qachon tamaki chekmagan insonlar ham bu xavfga chalinishi mumkin, shuning uchun ham ushbu kasallikning ilk alomatlarini bilib olish zarar qilmaydi. Sababi davolash ishlari qancha erta boshlansa, shifo topish ham shuncha oson bo‘ladi.

Qon aralash yo‘talish

Qon aralash yo‘talish –  juda yomon belgi. Bu saraton kasalligining alomati bo‘lmasa-da, har qanday holat bo‘lmasin, shifokorga murojaat qilish zarur.

Ko‘krak qafasida og‘riq

Shuningdek, yelkaga yoki uning orqa qismiga og‘riq tarqalishi mumkin. Ko‘pchilik bemorlar buni yurak xastaligi bilan adashtiradi. Ammo og‘riqlar chuqur nafas olish, yo‘talish yoki kulish paytida zo‘raysa, o‘pkaning holati yaxshi emasligidan dalolat. Zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Doimiy yo‘tal

Agar yo‘tal uch hafta yoki undan ham ko‘proq vaqt mobaynida davom etayotgan bo‘lsa, unda shifokor bilan uchrashish vaqti kelgan. Sababi bunday holda rivojlanayotgan o‘sma nafas olish tizimini bezovta qilayotgan bo‘lishi mumkin. Tom ma’noda organizm begona jismni itarishga harakat qiladi va yo‘tal yuzaga keladi.

Nafas qisishi

O‘pka saratoni rivojlanishining yana bir belgisi nafas qisishidir. Bu holat zinadan ko‘tarilganda yoki yurish davomida kuzatiladi. Bu o‘smaning qisman nafas yo‘llarini to‘sib qo‘yishi, shuningdek, o‘pkaga bosim o‘tkazadigan va nafas olishga to‘sqinlik qiladigan ko‘krak qafasidagi suyuqlik to‘planishi tufayli paydo bo‘ladi.

Charchoq his qilish

Doimiy charchoq yoki uning kuchayishi kuzatilganda shifokorga ko‘rinish zarur. Bu tanada o‘zgarishlar, shu jumladan, xavfli jarayonlar sodir bo‘layotganining belgisidir. Agar charchoq hisi vazn yo‘qotish va ishtahaning yo‘qolishi bilan birga kuzatilsa, unda o‘pka saratonining rivojlanish ko‘rsatkichi ancha yuqori bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Tanada noma’lum sababdan og‘riq paydo bo‘lishi

O‘pka saratoni aniq belgilar bilan kuzatilmasligi mumkin bo‘lgan kasallik turidir. Ba’zida ayrim alomatlar miya yoki umurtqaga singib ketgan hollarda paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng bosh og‘rishi, aylanishi, uyquchanlik, kamqonlik va tananing boshqa qismlarida ham og‘riqlar bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik ushbu alomatlarga beparvo bo‘ladi va hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Tanada yuz berayotgan har qanday o‘zgarish nimadandir darak beradi, shuning uchun shifokor ko‘rigidan o‘tish juda muhim.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют