» » Shamollash emas, saraton: Tomoq ogrigi qanday hollarda xavfli kasallikdan ogohlantiradi?

Shamollash emas, saraton: Tomoq ogrigi qanday hollarda xavfli kasallikdan ogohlantiradi?


Bazida qalqonsimon bez saratonining dastlabki belgilari oddiy tomoq ogrishi bilan adashtirib yuboriladi. Saratonning ushbu turi endokrin tizimida eng keng tarqalgan osma bolib, aksariyat hollarda uni odatiy davolash yoki nur bilan davolash mumkin, faqat buni ertaroq boshlash kerak. Kasallik kopincha qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi paytida mutlaqo boshqa sabablarga kora aniqlanadi. Shu bilan birga, kasallikning eng kamida oltita belgisi mavjud bolib, ularga beetibor bolmaslik lozim.

Boyinning qattiqlashuvi

Boyinning avvalgi holatiga qaraganda qattiqlashganini erkaklar soqol olayotganda, ayollar esa pardoz payti sezishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, 90 foiz holda qalqonsimon bez bezovta qilmagan taqdirda ham uni tekshiruvdan otkazish kerak. Ularning ahvolidan xabardor bolish, vaqti-vaqti bilan ultratovush nazoratida bolish zarur.

Ovozning dagallashishi

Mushaklarni nazorat qiluvchi bogiz asabi qalqonsimon bezning orqa qismida joylashgan. Bazi hollarda osimta osishi natijasida qalqonsimon bezdan otib, asabni siqa boshlaydi yoki uni shikastlaydi, bu esa ovozga tasir qiladi. Shuning uchun ham hech sabablarsiz ovoz bogilishi kuzatilayotgan bolsa, shifokor korigidan otish lozim.

Doimiy yotal

Doimiy yotalni qalqonsimon bez saratoni alomatlaridan ajratishga yordam beradigan asosiy belgi balgam va isitmaning kuzatilmasligidir. Bunday yotalning yuqumli yoki virusli kasalliklarga hech qanday aloqasi yoq va aslida bu tanani yangi holatga reaksiyasi bolib, mavjud narsani tashqariga chiqarishga harakat qiladi. Doimiy yotal kuzatilayotgan bemorlarga, albatta, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Yutinishda qiyinchilik

Bu ogohlantirishning eng muhim belgilaridan bolib, saraton kasalligining jiddiyligidan darak beradi. Shuningdek, yutinishda qiyinchilik kuzatilsa, bu bogiz saratoni bolishi ham mumkin. Uni korik yordamida aniqlab, davolash ishlarini kechiktirmaslik muhim.

Tomoqdagi ogriq

Kop hollarda qalqonsimon bezning osishini sezib bolmaydi, ammo kamdan kam paytlarda ularda ogriq kuzatiladi. Kopincha ogriq boyinning old qismida, bazan tarqoq va hatto quloqlargacha ogrishi ham mumkin.

Nafas olishdagi qiyinchilik

Qalqonsimon bez saratonining yana bir belgisi nafas olishda qiyinchilik. Bu kasallikning faqat bitta shakli anaplastikadan kelib chiqadi, unda osma juda tez ravishda osib boradi. Bunday holatda sogliqqa jiddiyroq etibor qaratish kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (25-08-2020, 12:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -