» » Liga 1. PSJ 5 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi

Liga 1. PSJ 5 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 3-turida PSJ 13-sentabr, yakshanba kuni “Marsel”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Florian Toven marselliklarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Oqibatda besh nafar futbolchi chetlatildi: mezbonlar safida Leven Kurzava, Leandro Paredes va Neymar qizil kartochka olgan bo‘lsa, “Marsel”ning ikki nafar futbolchisi chetlatish oldi.

Shu tariqa dastlabki 3 ta turning ikkitasida mag‘lub bo‘lgan PSJ birorta ham ochko to‘play olmay 18-pog‘onaga tushib ketdi.

Liga 1

3-tur bahsi

13-sentabr, yakshanba

Gol: 0:1 – 31 Toven.

PSJ: Riko, Florensi (Dagba, 84), Kimpembe, Bernat (Kurzava, 84), Kerer, Guye, Verratti (Paredes, 71), Di Mariya, Errera (Draksler, 61), Sarabiya, Neymar.

“Marsel”: Mandanda, Chaleta-Sar, Sakai, Alvaro Gonsales, Kamara, Payet (Radonich, 77), Guye (Benedetto, 58), Lopes (Strotman, 68), Ronjye, Toven (Jermen, 77), Amavi.

Ogohlantirishlar: Sakai (7), Payet (11), Neymar (11), Florensi (13), Guye (38), Alvaro Gonsales (50), Bernat (52), Lopes (61), Benedetto (71), Paredes (72), Di Mariya (74), Strotman (90).

Chetlatishlar: Amavi (90+7), Kurzava (90+7), Paredes (90+8), Benedetto (90+8), Neymar (90+9).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 06:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют