» » Farg‘onada Isuzu yuk mashinasi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada Isuzu yuk mashinasi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


2020-yil 13-sentabr kuni soat 01:45 larda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida yuk mashinasi velosipedchini urib yuborishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra tumandagi “Mehnatobod” MFY hududidan o‘tgan A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lining 335-kilometrida 1993-yilda tug‘ilgan X.T. boshqaruvidagi Isuzu o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan velosipedchi, 1983-yilda tug‘ilgan X.T.ni urib yuborgan.

Oqibatda 37 yoshli X.T. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

“Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi YHXBB axborotida.

Farg‘ona viloyatida mashina haydovchilarining velosipedchilarni urib yuborishi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari so‘nggi vaqtlarda ko‘p sodir bo‘lmoqda.

Avgust oyida 29-iyulda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi piyodani urib yuborishi oqibatida 66 yoshli piyoda voqea joyida vafot etgani xabar qilingan. 5-sentabr kuni esa Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida Nexia haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 57 yoshli fuqaroni urib yuborgan va jabrlanuvchi P.V. voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

May oyida Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Farg‘ona viloyatida odam o‘limi bilan yakunlangan uchta yo‘l-transport hodisasi haqidagi reportajni e’lon qilgan. Unda Yozyovon tumani Xonobod qishlog‘i hududida Isuzu yuk mashinasi yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib borayotgan velosipedchini urib yuborgani va yo‘lovchi hodisa joyida halok bo‘lgani, Dang‘ara tumani Qo‘riq qishlog‘ida sodir bo‘lgan YTHda esa 28 yoshli Captiva haydovchisi qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgani, 54 yoshli erkak olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 06:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют