» » Hali ham ishongim kelmaydi. Xonanda Hadicha Qurbonova eri koronavirusdan vafot etganini malum qildi (video)

Hali ham ishongim kelmaydi. Xonanda Hadicha Qurbonova eri koronavirusdan vafot etganini malum qildi (video)


Xonanda Hadicha Qurbonova eri koronavirusdan vafot etganini malum qildi.

Bu haqda xonanda YouTubedagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.

Turmush ortogim hamisha davolanib, ozlariga qarab yurar edilar. Karantin bolgan vaqtda ishxonalaridan ham koronavirus chiqqan ekan. Bir kuni uyga kelib, onasi menga koronavirus yuqib qolmadimikin, chunki virus aniqlangan xodimimiz bilan bitta xonada ishlagan edik, dedilar. Undan keyin bozorlarga ham bordik, ahvollari yaxshi edi. Keyin tumov bolgandek boldilar, dorilar ichdik. Ahvollari biroz ogirlashgandi, shifoxonaga borib test topshirib keldik. Bu voqea iyul oyida boldi. Onasi koronavirus bolgan odamda hid, tam sezmaslik bolar ekan, menda hammasi yaxshi, dedilar. Nafas olishingiz qanday, deganimda nafas olishim ham yomon emas, dedilar. Odatda astmalari borligi sabab bazida nafas olishlarida muammo bolar edi. Keyin qonlari quyuq bolgani bois doim dori ichib yurardilar.

Ikki marta tekshirtirdik koronavirus chiqmadi. Arafa yaqinlashgan vaqtlarida ogirlasha boshladilar. Roza tutgandilar. Dadasi, rozangizni ochavering, Xudo xohlasa, keyin tutasiz, deganimda xafa boldilar. Shifoxonada emas, uyda davolanaman, ozingiz qaraysiz, deb shifoxonaga ham yotmadilar.

Togrisi, shuncha kun yotgan bolsalar, hattoki isitma ham chiqqani yoq, faqatgina nafas siqishi boldi xolos. Shifokor aytgan barcha muolajalarni uyda qildik. Ahvollari biroz ogirlashgach, tez yordam chaqirishga majbur boldik. Nafas olish moslamalari bor tez yordam mashinasini chaqirganimiz sabab u ham tez kelmadi. Tez yordam kechroq keldi, isitma chiqishni boshladi. Oxirgi marta osha tez yordamda borganimda Zangiotada kordim. Ularni Zangiotadagi kasalxonaga yotqizdik, chunki boshqa kasalxonalarda joy yoq deyishdi.

Zangiotadagi shifoxonaga kirishga ruxsat berishmadi. Yosh bolalar bor, bolalarni ehtiyot qiling, onasi, dedilar. Oxirgi korganim shu boldi. Hali ham ishongim kelmaydi, chunki unaqa yomon ahvolda emas edilar. Juda ham bolajon inson edilar, oxirgi gaplari ham bolalarga qarang, bolalarga ehtiyot boling degan sozlari boldi.

Shifokorlar erimning qachon ahvoli yomonlashganini ham, qachon joni uzilganini ham aniq aytishmadi. 26-iyul kuni joni uzildi deyishdi, uyga ham berishmadi. Janoza ham qabristonda oqildi. 29-iyul kuni peshindan keyin qabristonga qoyib kelishdi.

Hadicha Qurbonova, xonanda va aktrisa

Malumot uchun, xonanda Xadicha Qurbonova muxlislar orasida ozining Bevafo, Bilmadim jonim, Alvido, Kelma kabi qoshiqlari bilan mashhurlikka erishgan. Xonanda 2017-yilda Xalqlar dostligi sanat saroyida Bir gozal deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-09-2020, 07:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -