» » 19 yoshli Li Kan In La Ligada Xuan Mataning rekordini yangiladi

19 yoshli Li Kan In La Ligada Xuan Mataning rekordini yangiladi


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 1-turi doirasida 13-sentabr, yakshanba kuni o‘tkazilgan “Valensiya”—“Levante” uchrashuvida “ko‘rshapalaklarning qo‘li baland keldi — 3:2.

“Valensiya” hujumkor yarim himoyachisi Li Kan In uchrashuvda ikkita golli uzatma muallifiga aylandi. Janubiy koreyalik futbolchi Primeraning bitta o‘yinida ikkita golli uzatma amalga oshirgan XXI asrdagi eng yosh futbolchiga aylandi. O‘yin kuni Kan In 19 yosh-u 207 kunlik edi.

Bundan avvalgi rekord “Valensiya” sobiq yarim himoyachisi Xuan Mataga tegishli edi. Mata 2008-yilda 20 yosh-u 150 kunligida ushbu natijani qayd etgandi.

19 yoshli Li Kan In “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019/20-yilgi mavsumda koreyalik futbolchi La Ligada 17 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi, shuningdek, ikki martadan sariq va qizil kartochka oldi. Uning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют