» » “Real”ning 2019/20-yilgi mavsumda qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

“Real”ning 2019/20-yilgi mavsumda qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi


Madridning “Real” klubi 2019/20-yilgi mavsumni foyda bilan yakunladi.

Marca nashrining xabar qilishicha, madridliklar klubi mavsumni 320 ming yevro foyda bilan yopgan. Bu miqdor katta klub uchun juda past ko‘rsatkich hisoblanadi va uning asosiy sababi koronavirus pandemiyasi bo‘ldi.

2019/20-yilgi mavsumda “Real”ning budjeti 650 million yevroni tashkil qildi. Bu kutilgan daromaddan 170 millionga kam degani.

Eslatib o‘tamiz, klub yozgi transfer mavsumida xaridlarga qo‘l urmadi, shuningdek, futbol va basketbol jamoasida maoshlar 10 foizga qisqartirilgandi.

2019/20-yilgi mavsumda “Real” La Ligada “Barselona”ni ortda qoldirib chempionga aylandi. Chempionlar Ligasida jamoa 1/8 finalda “Manchester Siti”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют