» » Isroil hukumati koronavirus sabab uch haftalik karantin joriy etishga qaror qildi

Isroil hukumati koronavirus sabab uch haftalik karantin joriy etishga qaror qildi


Isroil hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun karantin cheklovlarini qaytarish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga tayanib, Kan nashri xabar berdi.

Netanyaxuning ma’lum qilishicha, vaqtinchalik izolyatsiya kamida uch hafta davom etadi. Cheklovlar 18-sentabr kuni nishonlanadigan Rosh ha-Shana bayramidan — yahudiylar Yangi yili kunidan boshlanadi va Sukkot bayramining oxiriga qadar davom etadi. Bu 2—9-oktabrga to‘g‘ri keladi.

“Karantin uch haftadan ortiq davom etish ehtimoli bor”, — deydi Netanyaxu.

Karantin vaqtida mamlakat aholisining aksariyati uyidan 500 metr uzoqlashmasligi kerak bo‘ladi. 18-sentabrdan maktablar, restoranlar, mehmonxona, trenajyor zallari va basseynlar yopiladi. Biroq aholiga individual sport turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi. Ibodatlar cheklanadi.

Isroilda koronavirus tarqalishi tezlashayotgani haqida iyun oyida xabar qilingan. Unga qadar mamlakat bosqichma-bosqich ochilayotgandi, rasmiylar va shifokorlar epidemiyani tez yengdi deb hisoblanayotgandi. Isroil hukumati 25-iyun kuni xorijliklarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni 1-avgustgacha cho‘zishga qaror qilgan. Iyul boshlarida esa Isroil bosh vaziri mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni “favqulodda holat” deb atagandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda koronavirus bilan kasallanganlar soni 155 604 kishiga yetgan. Hozirga qadar 114 998 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 1119 bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Avvalroq Armanistonda koronavirus sababli 2021-yilning 11-yanvarigacha karantin e’lon qilingani, Kiyevda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilangani sabab shaharda karantin cheklovlari qaytarilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: BAA yangi karantin joriy etmaydigan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют