» » PSJ Fransiya chempionatida 42 yillik antirekordini takrorladi

PSJ Fransiya chempionatida 42 yillik antirekordini takrorladi


PSJ Fransiya chempionatining 3-turi doirasida 13-sentabr, yakshanba kuni o‘tkazilgan “Marsel”ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.

Qayd etish joiz, Parij klubining Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab 1-tur uchrashuvi 16-sentabrga qoldirilgan.

Jamoa 2-tur bahsida esa “Lans” maydoniga safar qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Opta’ning yozishicha, PSJ 42 yil ichida ilk marta Fransiya chempionatining dastlabki ikki o‘yinida gol ura olmagan. Parijliklar oxirgi marta 1978/79-yilgi mavsumda shunday muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan oldin yakunlangan 2019/20-yilgi mavsumda PSJ chempionga aylangandi.

Mavzuga doir: Kilian Mbappe: “PSJga sifatli transferlar kerak”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют