» » Farg‘onada ko‘tarilgan piyodalar o‘tish joylari paydo bo‘ldi

Farg‘onada ko‘tarilgan piyodalar o‘tish joylari paydo bo‘ldi


Farg‘ona viloyati O‘zbekistonda ko‘tarilgan piyodalar o‘tish joyini ommaviy ravishda joriy etadigan ilk viloyatga aylanishi mumkin. Bu kabi oddiy va arzon amaliyot butun dunyoda o‘nlab yillardan buyon qo‘llanib kelinadi va u ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi viloyat hokimligi bilan hamkorlikda piyodalar o‘tish joylarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tish joyi balandligini biroz ko‘tarish bo‘yicha loyihani boshladi.

Bundan tashqari, ko‘tarilgan piyodalar o‘tish joylariga “Maktab” va “30” belgilari joylashtirilgan.

Viloyat IIB rahbari Doniyor Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Farg‘onada bir kunning o‘zida 10 ta piyodalar o‘tish joyi ko‘tarilgan.

“Uchta piyodalar o‘tish joyida ishlarni yakunladik, loyiha 10 ta joyni o‘z ichiga olgan bo‘lib, biz ularni bugunning o‘zida yakunlaymiz. Viloyat hokimi qo‘ng‘iroq qilib, bunga ketayotgan xarajatni hisoblashni so‘radi va piyodalar hamda ko‘chma svetoforlar uchun qancha mablag‘ zarur bo‘lsa, shuncha ajratishga va’da berdi”, — deydi Toshxo‘jayev.

IIB rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘tarilgan piyodalar o‘tish joyini qurish amaliyotini butun viloyatga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Ular maktablar, oliygohlar, bolalar bog‘chasi, bozorlar va intensiv harakat kuzatiladigan boshqa obyektlar joylashgan ko‘chalarda paydo bo‘lishi kerak. Magistral ko‘chalarda esa bu kabi piyodalar yo‘lagini joriy etish rejalashtirilmagan.

Viloyat rasmiylari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va maktablar qarshisiga o‘rnatiladigan, zarur holatda YPX inspektorining o‘rinini bosuvchi ko‘chma svetoforlar sonini oshirish niyatida.

“To‘g‘risini aytganda, Farg‘onaga kelganimda haydovchilar piyodalarga umuman yo‘l bermasligini ko‘rib, qo‘rqib ketganman. Hatto bu borada bir necha matbuot anjumani ham o‘tkazganman. Shundan so‘ng biz bunga qarshi kurash boshladik, biroq bunga chora topish kerak edi. Dastlab piyodalar o‘tish yo‘liga yaqinlashayotgan mashinalar tezligini kamaytirish uchun sun’iy notekisliklar o‘rnatish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Keyin internet orqali muammoni o‘rganib, ko‘tarilgan piyodalar yo‘lagi variantini tanlashga qaror qildim”, — deydi Doniyor Toshxo‘jayev.

Ta’kidlanishicha, bu kabi ko‘tarilgan piyodalar o‘tish yo‘li o‘rnatilmaydigan magistral yo‘llarga Hikvision kameralari o‘rnatiladi. Ular piyodalarga yo‘l bermaydigan haydovchilarni qayd etib, avtomatik ravishda ularga jarima yuboradi.

Qumtepa bozori qarshisida yerosti yoki yerusti o‘tish joyini qurish rejalashtirilgan, natijada mobil svetoforli keng “zebra” chizishga qaror qilingan.

“Yaponiyada bo‘lganimda shu kabi ulkan, keng piyodalar o‘tish yo‘lagini ko‘rgandim”, — deydi viloyati IIB rahbari.

Mavzuga doir: Yo‘l harakatini tartibga solishda Toshkent Kanada shaharlaridan nimalarni o‘rganishi mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют