» » Qoraqalpog‘iston va Xorazmda FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi


Qoraqalpog‘iston va Xorazmda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat ko‘rsatuvchi ikki ofitser koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ta’ziyanomada ma’lum qilingan.

Xabar berishlaricha, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov 12-sentabr kuni, Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Akimov 14-sentabr kuni vafot etgan. “Shu kunga qadar ushbu xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan xastalanib, shifoxonaga yotqizilganligi ma’lum bo‘lgan edi”, — deyiladi FVV axborotida.

Ma’lumot uchun, podpolkovnik Kuanishbay Akimov 1979-yil Nukus shahrida tug‘ilgan. U Qoraqalpog‘iston Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida 20 yildan ortiq turli lavozimlarda xizmat qilgan edi. Mayor Doniyor Jabborov esa 1981-yil Qo‘shko‘pir tumanida tavallud topgan; FVV tizimida 2005-yil aprel oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

“Yuqorida nomlari tilga olingan xodimlar, afsuski, ko‘rinmas yovga qarshi kurashib, xalqimizning tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ushbu kasallikni yuqtirib olgan. Ular so‘nggi nafasiga qadar elu yurt manfaati yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilib, insonlarning tinch, xotirjam va farovon hayoti uchun shirin jonlarini ayamadi. Ko‘rsatgan fidoyiliklari va matonati aslo xotiramizdan o‘chmaydi”, — deyiladi FVV axborotida.

Ma’lumot uchun, koronavirus infeksiyasi oqibatida yuz bergani aytilayotgan ushbu ikki o‘lim holati hozircha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangani yo‘q. Umuman olganda, hozirgacha koronavirus asoratlari oqibatida yuz bergan, boshqa davlat va hokimiyat organlari tomonidan e’lon qilingan, biroq SSV tomonidan tasdiqlanmagan kamida 14 ta o‘lim holati mavjud. Ular orasida iyul va avgust oyida ma’lum bo‘lgan holatlar ham bor, biroq SSV nima uchun ushbu holatlar yuzasidan biror izoh bermayotgani noma’lum.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yuzlab o‘qituvchilarda koronavirus aniqlanmoqda. Lekin SSV barcha holatlarni ham rasmiy statistikaga kiritmayapti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют