» » Toshkent viloyati prokuraturasi katta tergovchisi Turg‘un Kamolov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi

Toshkent viloyati prokuraturasi katta tergovchisi Turg‘un Kamolov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi


Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Turg‘un Kamolov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati Kamolov COVID-19 bilan og‘riganini “Daryo”ga tasdiqladi.

“Turg‘un Kamolov 1966-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, oilali, uch nafar farzandi bor. 1995-yildan buyon prokuratura organlarida xizmat qilib kelgan. 2020-yildan boshlab Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Bosh prokuratura jamoasi Turg‘un Kamolovning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 341 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha Turg‘un Kamolov o‘limidan so‘ng mamlakatda koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 353 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xo‘jayev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Avval ham Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov,  Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani xabar qilingan. Biroq SSV shu vaqtga qadar mazkur faqat Oybek Xo‘jayevning o‘limini sababini tasdiqlagan, qolgan o‘lim holatlarini esa rasmiy statistikaga qo‘shmay kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют