» » Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan 49 yoshli erkak vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan 49 yoshli erkak vafot etdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 49 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yashagan Y.Q. 15—19-iyul kunlari Respublika ichki ishlar vazirligi gospitalida davolangan. Unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bemorning shifoxonada davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu SSV statistikasi bo‘yicha — 108, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra esa O‘zbekistondagi 114-o‘lim holati. Shu tariqa “Daryo” hisobi bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari, SSV statistikasi bo‘yicha 3 nafari vafot etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 25-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 653 nafarga yetdi. Ulardan 10 472 nafari (54 foiz) sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют