» » Toshkenda koronavirusga chalingan 51 va 42 yoshli erkaklar vafot etdi

Toshkenda koronavirusga chalingan 51 va 42 yoshli erkaklar vafot etdi


Koronavirusga chalingan Toshkent shahrida yashovchi 51 va 42 yoshli erkaklar vafot etgani haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Birinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashovchi 51 yoshli V.T. ismli erkakda 5-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik sepsis, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

“Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV xabarida.

Ikkinchi o‘lim. Uchtepa tumanida yashagan 42 yoshli S.S. ismli erkakda 17-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga o‘tkazilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 4-darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensatsiya bosqichi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

SSV xabarida bemorlar qaysi kuni olamdan o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют