» » Surxondaryoda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi

Surxondaryoda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi


Termizlik bemor miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi 67 yoshli R.A. ismli erkak 3-iyul kuni o‘zini yomon his qilgan, nafas yo‘llarida yallig‘lanish bo‘lgan. 4-iyul kuni COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasiga gumon, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgan Surxondaryodagi to‘rtinchi, O‘zbekistondagi 53-bemor bo‘ldi. Viloyatda bir kun oldin ham o‘lim holati qayd etilgandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют