» » Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getji bilan bo‘ladigan jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va musobaqa tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini ta’kidladi.

Jangdan ikki hafta oldin Abu-Dabida bo‘lishingiz kerak. Ammo biz jangdan 40 kun oldin bu yerga yetib keldik. Birinchi o‘n kun davomida iqlim sharoiti o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Oktabr oyining oxiriga qadar to‘liq tayyor bo‘laman. Dog‘istondan farqli ravishda cho‘l (Abu-Dabi) iqlimi boshqacha. Men jang uchun optimal formada bo‘laman.

Turnir yopiq bo‘ladi, muxlislar bo‘lmaydi. Shu tariqa yaqinlarim meni arena tashqarisida, mehmonxonada kutadi.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji ishtirokidagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют