» » VEON telekommunikatsion xoldingi (Ozbekistondagi Beeline SB) Raqamli Toshkent dasturining faol ishtirokchisi

VEON telekommunikatsion xoldingi (Ozbekistondagi Beeline SB) Raqamli Toshkent dasturining faol ishtirokchisi


Raqamli Toshkent dasturi doirasida amalga oshirilgan yangi qoshma loyihalar VEON kompaniyalari guruhi Bosh ijrochi direktori, Unitel (Beeline SB) kuzatuv kengashi raisi Kaan Terzioglu va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev bilan bolib otgan videokonferensiya suhbatining diqqat markazida boldi. Shuningdek, tadbirda VEON kompaniyalari guruhining maslahatchisi Boris Tadich, Beeline kompaniyasi va poytaxt hokimligi ijrochi amaldorlari ham ishtirok etishdi.

Eslatib otamiz, bu ikkinchi uchrashuv bolib, uning doirasida raqamli tizimlarni rivojlantirish, davlat xizmatlari korsatish sohasida va boshqa sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. Birinchi muloqot 2020-yilning mart oyida Toshkentda, xolding direktorlar kengashining hamraisi Kaan Terzioglu boshchiligidagi VEON kompaniyalar guruhi delegatsiyasining Ozbekistonga ish safari paytida bolib otgan edi. U osha uchrashuvda shuni takidladiki, VEON eng yaxshi, samarali va sinovdan otgan resurslarga, shuningdek, davlat xizmatlari dasturlari, xavfsiz shaharlar, transport harakatini boshqarish, katta malumotlar va boshqa sohalar uchun uskunalarga ega bolib, ularni Toshkent shahri ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda olib kirish va amaliyotga tatbiq etish boyicha hamkorlikni taklif etgan. Shuningdek, poytaxtda raqamli kabel infratuzilmasini rivojlantirish boyicha investitsiya rejalari ham elon qilingan edi.

Bu safar onlayn uchrashuv doirasida xizmatlar va servislarni raqamlashtirish boyicha aniq loyihalarning taqdimoti bolib otdi. Kaan Terzioglu va Boris Tadich bu yonalishda Ozbekiston poytaxtida otkazilgan tadbirlar natijalaridan mamnunliklarini izhor etdilar, bu ularning fikriga kora shaharni yanada rivojlantirish uchun juda muhimdir. Terzioglu amalga oshirilgan ishlar haqida, xususan, otkazilgan geodemografik tahlil va shahar transportining tahlili, ijtimoiy va qoshma infratuzilma loyihalari haqida sozlab berdi. U mobil aloqa va mobil tijorat orqali davlat xizmatlarini korsatish sohasida tayyorlangan takliflarni batafsil taqdim etdi. Kaan Terziogluning sozlariga kora, davlat xizmatlarining mobil ilovalari davlat xizmatlarining faol rivojlanishiga hissa qoshadi. Suhbat davomida shahar binolarning tomlariga turli uyali aloqa kompaniyalarining aloqa uzatgichlarini ornatishdan asta-sekin voz kechayotgani, poytaxt rivojlanishining memoriy konsepsiyasiga javob beradigan maxsus yechimlarga yol ochilayotgani alohida takidlandi.

Jahongir Ortiqxojaev VEON kompaniyalari guruhi rahbariyatiga va eng yirik telekommunikatsion sarmoyador UnitelMChJga (Ozbekistondagi Beeline SB) Toshkentning rivojlanishiga komak berishda qiziqishi uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning sozlariga kora, poytaxtni raqamlashtirishning yuqori darajasi shahar hokimiyatining dolzarb vazifalaridan biridir. Shu sababli yaqinda hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish boyicha orinbosari lavozimi joriy etilgan bolib, bu boradagi ishlar qizgin davom etmoqda. Shuningdek, u Raqamli Toshkent dasturini toliq va sifatli amalga oshirish uchun shahar hokimligi yonida Vaziyat markazi joylashgan alohida bino qurilayotgani haqida xabar berdi. Markaz oz ishini shu yilning oxirigacha boshlashi rejalashtirilgan.

Hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilingandan song, Toshkent shahar hokimi raqamlashtirish jarayoni tez va sifatli amalga oshirilishi kerakligini takidladi va shu bilan birga chet ellik hamkorlarni har tomonlama qollab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Oz navbatida Kaan Terzioglu bolib otayotgan ozgarishlarni oz kozi bilan korish uchun yana bir bor Toshkentga tashrif buyurishga, Raqamli Toshkent dasturi doirasida qoshma loyihalarni amalga oshirishda va yol xaritasini ishlab chiqishda faol ishtirokchiga aylanishga, VEON kompaniyalar guruhining butun Ozbekiston boylab raqamli mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro tajribasini qollashga vada berdi.

Loyihalarni amalga oshirishni 2020-yilda boshlash rejalashtirilgan.

UnitelMChJ Beeline Uzbekistansavdo belgisi ostida 2006-yilning 12-sentabr kunidan boshlab xizmat korsatib kelmoqda.

***

Beeline Uzbekistan shtab-kvartirasi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsion xoldingi tarkibiga kiradi. VEON - bu 10 ta mamlakatda 210 milliondan ortiq abonentlarga ega bolgan va NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida royxatdan otgan global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderidir. Bugungi kunda Beeline Uzbekistanda 1700 dan ziyod xodim faoliyat yuritadi. 2006-yildan boshlab, Ozbekiston bozoriga kirganidan beri, Veon mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Beelinesavdo belgisining Ozbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdordagi soliqlar tolangan.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-09-2020, 19:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
:
-
:
20 ... -