» » Video: Nogiron itning yo‘ldan o‘tishiga yordam berayotgan ikki mushuk

Video: Nogiron itning yo‘ldan o‘tishiga yordam berayotgan ikki mushuk


Rossiyaning Krasnodarsk o‘lkasida avtomobil haydovchisi videoregistrator yordamida ikkita mushuk nogiron itni yo‘ldan  o‘tkazib qo‘yayotganini videoga oldi, deb yozadi Esquire.

Videodan ko‘rish mumkinki, it harakatlanishga juda qiynalgan — u old panjalari bilan tayanib yurishga uringan, orqa panjalari esa sudralgan.

Mushuklar esa dumini tikka ko‘targan holda itga hamrohlik qilgan. Video ostiga qoldirilgan izohlarga ko‘ra, jonivorlar bu orqali o‘z do‘stiga yordam berishga shay ekanligini ko‘rsatib qo‘ygan va itga yordam kerakligini bildirish maqsadida boshqalar e’tiborini tortishga uringan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq rossiyalik ayol mo‘yna uchun boqilayotgan 2 silovsinni sotib olib, uyida parvarishlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют