» » Nurmat Otabekov: Koronavirus haqida kasallikka chalinmagan mutaxassisga nisbatan ko‘proq bilaman

Nurmat Otabekov: Koronavirus haqida kasallikka chalinmagan mutaxassisga nisbatan ko‘proq bilaman


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan keyin faoliyatini qay tarzda davom ettirish haqida “Shifobaxshuz” Telegram kanaliga bergan intrevyusida aytib o‘tdi.

Koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarini davom ettiramiz. Albatta, o‘sha tadbirlarni faol ishtirokchisi bo‘lib qolaman degan umiddaman. Soha mutaxassisi sifatida bu meni zimmamdagi mas’uliyat deb bilaman. Shu paytgacha targ‘ibotni amalga oshirish paytida o‘zim ko‘rmagan narsam haqida gapirib bergan bo‘lsam, endilikda, kasallikni o‘z tanasida his qilgan, boshidan kechirgan shaxs, mutaxassis, sifatida yana aholiga tushunarliroq yetkazish imkoniyatim paydo bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham koronavirus kasalligi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldim. Endi mazkur kasallik haqida, kasallikka chalinmagan mutaxassisga nisbatan ko‘proq bilaman.

Eng asosiysi, men O‘zbekiston ahlini yaxshi ko‘raman, millatimni yaxshi ko‘raman. Shu yurtda yashaganimdan, el koriga yaraganimdan xursandman. Xalqning salomatligi yo‘lida qo‘limdan kelgancha hamma imkoniyatlarimni ishga solaman. Hali oldimda juda ko‘p vazifalar borligini his qilib yashayapman. Tokay, koronavirus kasalligi yurtimizni butunlay tark etmas ekan, biz faoliyatimizni davom ettirishimiz kerak.

Qachonki koronavirus kasalligi respublika hududida qayd etilishdan to‘xtab, oxirgi bemor qayd etilgandan keyin o‘n to‘rt kun mobaynida bironta ham yangi bemor qayd etilmasa, demak biz kasallik pandemiyasini yengish borasida qandaydir natijaga erishgan bo‘lamiz.

Men, salomatligimga befarq bo‘lmagan, holimdan xabar olib turgan, internet saytlarida fikrlarini bildirib turgan barcha hamyurtlarimga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Nurmat Otabekov, Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют