» » Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusni qanday yuqtirib olganini ma’lum qildi

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusni qanday yuqtirib olganini ma’lum qildi


Koronavirusga chalinmayman, deb hech kim kafolat bera olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston davlat bosh sanitariya inspektori, professor Nurmat Otabekov “Shifobaxshuz” Telegram kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Nurmat Otabekov koronavirusni qanday qilib yuqtirib olganini ma’lum qildi.

“Men to‘rt oy badaliga o‘zimni ehtiyot qildim. Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligi binosida bevosita faoliyat yuritganimiz bois, qolaversa, u yerda bir necha o‘nlab kasallikka chalingan xodimlar ro‘yxatga olinganligi tufayli muloqot orqali kasallikni yuqtirib oldim. O‘z salomatligimga e’tiborsizlik qilmasdan, hushyor bo‘lganligim sababli kasallik boshlanish davridayoq aniqlandi. Bu esa o‘z yo‘lida jiddiy asoratlarsiz davolanib ketish imkoniyatini berdi. Shuning uchun biz hammamiz o‘z sog‘lig‘imizga mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak deb o‘ylayman”, – dedi professor.

Bosh davlat sanitariya inspektorining alohida ta’kidlashicha, atrofda shunday kasallik qo‘zg‘atuvchisi bor ekan, kasallikka chalinmayman, deb hech kim kafolat bera olmaydi.

“Shunday ekan, kimki bu dardga chalingan bo‘lsa, hammasi shifo topishiga umidvorman va shunday niyat qilib qolaman. Faqat bu kasallikni yengish uchun odamda ichki bir ishonch, xohish, intilish va iroda bo‘lishi kerak. Qachonki odam tushkunlikka tushar, g‘amga botar va kurashmas ekan, ushbu shaxs mazkur kasallikdan yengilishi mumkin. Shuning uchun yaxshi, ijobiy kayfiyatning hukm surishi, to‘yimli ovqatlanish, tuzalib ketishga bo‘lgan intilish va xohishning mavjudligi – kasallikdan ellik foiz tuzalishga imkoniyat yaratildi degani. Negaki, men shifoxonada davolanish paytida kasallikni yenga olmay, tushkunlikka tushib, harakat qilmasdan, intilmasdan, kasallik oldida ojizligini ko‘rsatib, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga quloq tutmasdan ahvoli og‘irlashib qolgan, hatto hayotdan ko‘z yumgan odamlarni ham ko‘rdim”, – dedi mutaxassis.

Avvalroq, Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng o‘zida kechirgan holatlar haqida ma’lumot bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют